Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Powerball lotereyasining rekord darajadagi yutug‘i 3 kishi o‘rtasida taqsimlanadi
Amerikaning Powerball lotereyasi tashkilotchilari rekord miqdordagi jyek-pot yutilgan o‘yinda yutuqli chiptlar bir yo‘la uchta shtatda xarid qilinganini ma'lum qildi, deb yozadi NBC telekanali.
Manbaga ko‘ra, yutuqli chiptalar Kaliforniya, Florida va Tennessi shtatlarida xarid qilingan. Xabarda qayd qilinishicha, g‘oliblar soni barcha shtatlar ma'lumotlarni berib bo‘lmagani bois, hali oshishi mumkin.
Oldinroq Powerball lotereyasi tashkilotchilari Kaliforniya shtatidan baxtli odam yutuqli chiptani sotib olgani haqida xabar bergandi.
Ularning xabariga ko‘ra, yutuqli chipta Los-Anjyelesning chekka Chino Xills shahrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Qayd qilinishicha, unda barcha beshta oq shar va bitta Powerball qizil shari ham to‘g‘ri topilgan.
Shuningdek, yana barcha oq sharlar topilgan, lekin qizil shar topilmagan 12 chipta sotilganini ma'lum qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, Powerball lotereyasi yutuq chiqqan oxirgi o‘yinida sovrin jamg‘armasi miqdori 1,5 mlrd. dollarni tashkil qilgan.