Jamiyat | 14:28 / 14.01.2016
3162
1 daqiqa o‘qiladi

Sigal Serbiyada Hollivudning muqobilini yaratishni va'da qildi

Amerikalik aktyor, ssenarist va rejissyor Stiven Sigal Serbiya fuqaroligini olgach, mamlakat hududida Hollivudning muqobilini yaratishga va'da berdi. Bu haqda Sputnik nashriga bergan intervyusi chog‘ida ma'lum qilgan.

«Men bu yerga ko‘p narsa bera olishim mumkin. Aslida men Hollivudni Serbiyaga ko‘chirib kelishni istayman. Bu yerda kinematografik hamjamiyat barpo etishni xohlayman. Mamlakatda Hollivudni yodga soluvchi ulkan infratuzilma yaratish niyatidaman», — deya ta'kidlagan Sigal.

Uning qayd etishicha, Serbiyadagi turli ko‘rinishdagi manzarali hududlarning ko‘pligi bois, bu yerda kinematografchilar istalgan sahna ko‘rinishini tasvirga olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Sigal 11 yanvardan boshlab Serbiya fuqarosi sanaladi. U shuningdek mamlakatda aykido sportini rivojlantirishni ham maqsad qilganini aytgandi.

Stiven Sigal Serbiya fuqaroligini qabul qildi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish