Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 13:43 / 14.01.2016
6499
1 daqiqa o‘qiladi
Tojikistonlik mahbus Moskvadagi turmadan qochib ketdi
Tojikistonlik mahbus Ma'ruf Odinayev Moskvaning 5-raqamli maxsus tergov izolyatoridan qochib ketdi. Bu haqda TASS agentligi shahar prokuraturasi matbuot kotibi Yelena Rossoxinaga tayangan holda ma'lumot bermoqda.
Aytilishicha, Odinayev og‘ir jinoyatlarni sodir etishda ayblangan. Uning kameradoshi ham tojikistonlik bo‘lib, sud qaroriga binoan jazo muddatining tugashi munosabati bilan ozod qilinishi lozim edi.
Odinayev uning ma'lumotlaridan foydalangan holda izolyatordan o‘zi chiqib ketgan. Hozirlikda qochoq qidirilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish