Jahon | 18:24 / 15.01.2016
8552
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yilda Turkiya rossiyalik 4.5 mln turistni yo‘qotadi

Turkiya mutaxassislarining hisob-kitoblariga qaraganda, joriy yilda rossiyalik 4.5 mln turist mamlakatning kurortlarida hordiq chiqarmaydi. Bu haqda Hürriyet Daily News nashri madaniyat va turizm vaziri Mohir Unalga tayangan holda ma'lumot bermoqda.

Aytilishicha, o‘tgan yilning yanvaridan noyabriga qadar Turkiyada 3.6 mln rossiyalik turist bo‘lgan. Bu 2014 yilning shu davriga nisbatan 18 foizga kamdir. Shuningdek, Turkiyada yevropalik sayyohlar oqimining susayishi bo‘y ko‘rsatmoqda, umumiy miqdordagi tushish esa 1.4 foizni tashkil qiladi.

Unalning so‘zlariga qaraganda, Turkiya Antalyada aprel-oktabr oylarida o‘tkaziladigan EKSPOga katta umidlar bog‘lamoqda. Uning fikricha, Turkiyaning rossiyalik turistlar ketishi oqibatida ko‘radigan zarari mazkur tadbir mehmonlari hisobidan qoplanishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish