Jahon | 09:10 / 15.01.2016
3899
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Davlat departamenti: Eron Arakdagi yadro reaktorini ko‘mib tashladi

Eron hukumati Arak shahridagi yadroviy reaktorini sement bilan ko‘mib tashladi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti bosh kotibi Jon Kerriga asoslanib, Reyter agentligi xabar bergan.

Bu yadro reaktori faoliyati butunlay to‘xtatilishi 2015 yilning yozida "oltilik" (AQSh, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Germaniya) va Eron hukumati o‘rtasida amalga oshirilgan yadroviy dastur bo‘yicha kelishuv shartlarida biri edi.

Bundan oldinroq, AQSh Davlat departamenti rahbari Jon Kerri yaqin soatlar ichida Eronning Arakdagi yadro reaktori ko‘mib tashlanishi haqida xabar bergandi.

AQSh Davlat departamenti Eron yadro dasturi ustidan nazorat turli yo‘nalishlar bo‘yicha 10 yildan 25 yilgacha davom etishini aytgan.

Eronga qarshi sanksiyalar 15 yanvarda olib tashlanishi mumkin

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish