Jahon | 08:08 / 15.01.2016
4130
1 daqiqa o‘qiladi

Belarus Ukraina bilan chegaralarini mustahkamlamoqda

Belarus 2016 yilda Ukraina bilan chegaralarini BelAES qurilayotgan yo‘nalishda ham mustahkamlaydi, deya xabar qilmoqda TASS.

Bu haqida Belarus davlat chegara qo‘mitasi raisi Leonid Maltsev ma'lum qilgan.

“Asosiy harakatlarimizni janubiy yo‘nalishdagi muhandislik uskunalariga qaratamiz, bu Ukraina chegarasi va ikkita chegara posti joylashgan qurilayotgan atom elektr stansiyasi yo‘nalishida ham, mazkur postlarning qurilishi yakunlangan”, - deya xabar bergan u.

Maltsevning so‘zlariga qaraganda, nafaqat nazorat-kuzatuv chiziqlari, yo‘llari uchun uskunalar, balki davlat chegarasi ham zamonaviy signalizatsion komplekslar, texnik kuzatuv punktlari kabi texnik vositalar bilan jihozlanadi.

“Bularning barchasi 2015 yilda yetkazib berilgan va Ukraina yo‘nalishida ishlamoqda”, - deydi u.

Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda "Donbasslik qo‘rqmas odamlar” bo‘lmasligi kerakligini ma'lum qilgandi.