Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘arb OAVida Di Kaprioning rossiyalik qiyofadoshi haqida yozishmoqda
G‘arb OAVi Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprioning rossiyalik qiyofadoshi haqida yozishmoqda.
Xususan, Access Hollywood nashrida "Rossiya Leosini kutib oling" sarlavhali xabar berilgan. Nashrning qayd etishicha, ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlashayotgan bu "qahramon" haqida uning fotosuratidan boshqa deyarli hech qanaqa ma'lumot yo‘q.
2015 yilda ijtimoiy tarmoqlarda Konrad Annerudning 21 yoshli shvetsiyalik qiyofadoshi suratlari tarqalgandi.
"Bu surat Leonardo Di Kaprioga ba'zi jihatlari bilangina o‘xshaydi", deyiladi Maxim nashrida. Nashrning yozishicha, suratdagi odamga Leonardo Di Kaprioga to‘la o‘xshash uchun ko‘p jihatlar yetishmaydi.
Di Kaprioning qiyofadoshi GQ jurnalining ham e'tiboriga tushgan. Jurnal uning aslida kimligiga va harbiy kiyimdagi bu shaxsning nima bilan shug‘ullanishiga qiziqmoqda.
Di Kaprio oltinchi marta «Oskar» mukofoti uchun nomzodlar qatorida