Sport | 10:36 / 15.01.2016
3677
2 daqiqa o‘qiladi

Portugaliyalik murabbiy Qozog‘iston terma jamoasini boshqarishi mumkin

Qozog‘iston futbol federatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimiga portugaliyalik sobiq futbolchi va hozirda ishsiz bo‘lgan mutaxassis Joze Kouseyruni taklif etishni rejalashtirmoqda.

Yaqin vaqt ichida tomonlar muzokara boshlashi aytilgan.

Manbaning yozishicha, terma jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Yuriy Krasnojan bilan shartnoma muddat uzaytirilmaydi.

Krasnojan boshchiligida Qozog‘iston terma jamoasi Yevro-2016 saralash bosqichida olti jamoa ichida 5-o‘rinni egalladi va bu qoniqarsiz natija deb baholandi.

Qayd etish kerakki, Joze Kouseyru ham Yuriy Krasnojan kabi Moskvaning "Lokomotiv" jamoasida ishlagan (2010-2011 yy). Ushbu 53 yoshli mutaxassis ishlagan jamoalar qatorida "Portu", "Belenensish", "Sporting", "Eshtoril", "Vitoriya" kabi portugal jamoalari hamda Litvaning "Kaunas", Turkiyaning "Gaziantepspor" jamoalari bor. U 2008 yildan 2010 yilgacha Litva terma jamoasini boshqargan.

Bundan oldinroq, Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodni tanlashda internet orqali so‘rovnoma o‘tkazilishi va muxlislarning fikri o‘rganilishi ma'lum qilingandi.

Xristo Stoichkov Qozog‘iston terma jamoasini boshqarishi mumkin