Jahon | 17:43 / 15.01.2016
2851
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda 2016 yilda bolalar savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha reja ishlab chiqilmoqda

Qirg‘izistonda 2016 yilda bolalar savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha reja ishlab chiqilmoqda. Bu haqda mahalliy Mehnat va ijtimoiy taraqqiyot vazirligi ma'lumotiga tayanib «24.kg» internet nashri xabar tarqatdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, buning uchun savdolar qurboni bo‘layotgan bolalarga xizmat ko‘rsatuvchi markaz faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Maktab va universitetlarda ona mas'uliyati, bolalar savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha turli tushuntirish ishlari olib boriladi.

Hozirgi vaqtda bolalar savdosi bo‘yicha chora-tadbirlar jamoat muhokamasiga qo‘yilgan.