Jahon | 10:33 / 15.01.2016
6499
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya hukumati Turkiya kompaniyalarini sanksiyalardan tashqariga chiqarish yo‘llarini ishlab chiqdi

Rossiyada Turkiyaning kompaniyalariga, agarda ularning o‘rnini egallaydigan muqobil bo‘lmasa yoki bu juda qimmatga tushsa, sanksiyalarni chetlab o‘tib, ishlashda davom etishiga ruxsat beriladi.

Bu boradagi loyiha normativ huquqiy aktlar federal portalida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Iqtisodiyot vazirligi hukumat qarori loyihasini tayyorlagani xabar qilinmoqda. Unga ko‘ra, amaldorlar har bir konkret shartnoma bo‘yicha javobgar bo‘ladilar: ular istisno tariqasida tuzilgan shartnomalar reyestrini tuzib, rahbariyatga taqdim etadilar.

Tovarlar yetkazish bo‘yicha shartnomalar uchun iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hukumat komissiyasi, xizmat ko‘rsatish shartnomalari uchun iqtisodiyot vazirligi qoshidagi idoralararo komissiya javob beradi.