Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada sayyohlar avtobusi avariyaga uchrashi natijasida 14 kishi halok bo‘ldi
Yaponiyaning chang‘ichilik kurorti markazlaridan bo‘lmish Nagano kurortiga ketayotgan avtobus yo‘lda ag‘darilib ketgan. Bu haqda NHK telekanali xabar bergan.
Sayyohlarni olib ketayotgan bu avtobusda jami 41 kishi bo‘lgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilarning 14 nafari hodisa natijasida halok bo‘lgan. Yana 27 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Politsiyaning aniqlashicha, avtobus qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va 3 metr pastlikka qulagan. Bu vaqtda haydovchining harakatini qiyinlashtiruvchi omil, qor yoki tuman bo‘lmagan. Hozirda tekshiruv ishlari davom etmoqda.