Jamiyat | 18:17 / 16.01.2016
12446
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada og‘riqni sezmaydigan, deyarli yemaydigan va uxlamaydigan qizaloq yashaydi

Britaniyada og‘riqni sezmaydigan, deyarli yemaydigan va uxlamaydigan yetti yasharli qizaloq yashaydi. Bunga irsiy ma'lumotlarning bir qismini o‘zida saqlaydigan oltinchi xromosoma ishidagi buzilishlar sabab bo‘lgan, deya xabar bermoqda The Daily Mail.
Yetti yoshli Oliviya Farnsuort uning onasi farzandini mashina urib yuborgani uchun shifoxonaga olib kelganida shifokorlar diqqatini o‘ziga tortdi. Bu paytda Oliviya hech qanday yig‘i-sig‘i qilmayotgan edi.
Shifokorlar Oliviya oltinchi xromosomadagi buzilishlardan aziyat chekishini aniqlashdi. Natijada qizaloq og‘riqni his etmaydigan, uch sutkalab uxlaymaydigan va ochlikni sezmaydigan bo‘lib qolgan.
Onasining aytishicha, kasallik alomatlari bir necha oyligida sezila boshlagan. Farzandi hech qachon yig‘lamagan, o‘n oyligidan boshlab kunduz kunlari uxlamaydigan bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish