Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Burkino-Fasodagi mehmonxonada garovga olinganlarni ozod qilish amaliyoti yakunlandi
Burkino-Faso poytaxti Uagadugu shahrida joylashgan Splendid mehmonxonasida jangarilar tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish amaliyoti yakunlandi. Bu haqda mamlakat xavfsizlik vaziriga asoslanib, Reyter agentligi xabar bergan.
"3 nafar jangari o‘ldirildi. Ularning biri arab, ikki nafari afrikalik. Mehmonxonadan jami 126 kishi chiqarib olindi", deydi vazir Kompaore.
Ayni vaqtda bu mehmonxona ro‘parasidagi Yibi mehmonxonasini qamal qilish ishlari olib borilayotgani aytilgan.
Bundan oldingi xabarlarda 63 kishi ozod etilgani, ulardan 33 nafari jarohatlangani haqida xabar berilgandi.
16 yanvarga o‘tar kechasi Burkina-Faso poytaxti Uagadugudagi Splendid Hotel mehmonxonasiga "Al-Qoida"ning g‘arbiy bo‘limi hisoblanmish "Al-Murabitun" guruhi jangarilari tomonidan uyushtirilgan hujum vaqtida 20 kishi halok bo‘lgan.