Jahon | 16:52 / 16.01.2016
4116
1 daqiqa o‘qiladi

Burkino-Fasodagi terakt tufayli 18 mamlakat fuqarolari halok bo‘lgan

16 yanvarga o‘tar kechasi Burkino-Faso poytaxti Uagadugu shahridagi Splendid va Yibi mehmonxonalarida "Al-Qoida"ning G‘arbiy Afrikadagi bo‘limi bo‘lmish "Al-Murabitun" guruhi tomonida uyushtirilgan terakt tufayli halok bo‘lganlar soni 23 nafarni tashkil etmoqda. Ular 18 mamlakat fuqarolari edi. Bu haqda Frans Press axborot agentligi xabar tarqatgan.

Splendid mehmonxonasidagilarni ozod etish uchun o‘tkazilgan amaliyot yakunida 126 kishi ozod qilingan, 3 nafar jangari o‘ldirilgan.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, Yibi mehmonxonasi qamali chog‘ida 4 nafar jangari o‘ldirilgan va ularning 2 nafari ayol bo‘lgan.