O‘zbekiston | 09:29 / 16.01.2016
3408
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya va O‘zbekiston hamkorligini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi

2016 yilning 15 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar beriladi.

Suhbat chog‘ida 2016 yilda hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga urg‘u bergan holda ikki tomonlama munosabatlar batafsil ko‘rib chiqildi.

Parlamentlararo aloqalarni faollashtirish hamda O‘zbekiston iqtisodiyotiga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish uchun ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda madaniy-gumanitar sohadagi, jumladan O‘zbekiston va Buyuk Britaniya ilmiy va ta'lim muassasalari o‘rtasidagi almashinuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.