Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya elchisi: Burkino-Fasodagi terakt qurbonlari soni 27 nafar bo‘ldi
"Al-Qoida" jangarilari tomonidan Burkino-Faso poytaxtida sodir etilgan terrorchilik hujumi natijasida halok bo‘lganlar soni 27 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Fransiyaning shu mamlakatdagi elchisi Jil Tiboga asoslanib, Liberation nashri xabar tarqatgan.
Uning ma'lum qilishicha, bu hujum arafasida Uagadugu shahridagi Splendid mehmonxonasida jami 18 mamlakat fuqarolari bo‘lgan. Garovga olinganlarni ozod qilish amaliyoti yakunida mehmonxonadan 150 kishi chiqarib olingan.
Bundan oldingi xabarlarda qurbonlar soni 23 nafar bo‘lgani aytilgandi.
16 yanvarga o‘tar kechasi Burkina-Faso poytaxti Uagadugudagi Splendid Hotel mehmonxonasiga "Al-Qoida"ning g‘arbiy bo‘limi hisoblanmish "Al-Murabitun" guruhi jangarilari tomonidan qurolli hujum uyushtirildi. Bu guruh 2015 yilning noyabrida Mali poytaxtidagi mehmonxonani garovga olgandi.
Burkino-Fasodagi mehmonxonada garovga olinganlarni ozod qilish amaliyoti yakunlandi
Burkino-Fasodagi terakt tufayli 18 mamlakat fuqarolari halok bo‘lgan