Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keyt Middlton o‘zini yangi ishda sinab ko‘rmoqchi
Kembrij gersoginyasi Ketrin The Huffington Post UK onlayn nashriyotida mehmon muharrir sifatida faoliyat yuritadi, deya xabar bermoqda Reuters.
Shahzoda Uilyamning rafiqasi fevral oyining o‘rtasida bir kunlik navbatchilikda bo‘ladi. U vaqtinchalik hamkasblarini Kensington saroyiga taklif etadi.
Ketrin bu yo‘l bilan bolalarning ruhiy salomatligi masalasiga e'tibor qaratish istagida. Xususan gersoginya o‘qituvchilar, ota-onalar, tadqiqotchilar va ekspertlarning mazkur sohada olib borayotgan ishi to‘g‘risida gapirib beradi. Kensington saroyi bergan ma'lumotda gersoginya so‘nggi yillarda bu sohadagi faoliyatini o‘z ishining “muhim tomoni”ga aylantirgani aytilgan.
The Huffington Post UK nashridagilar gersoginya bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.
Qayd etish kerakki, Ketrin o‘z oilasining jurnalistika bilan shug‘ullangan ilk vakili emas. Uning singlisi Pippa Middlton Vanity Fair jurnali uchun ham maqolalar yozgan.
Avvalroq shahzoda Uilyam Xartfordshirdagi maktab oshxonasida tushlik qilgani haqida xabar berilgan edi.