Kembrij gersoginyasi Ketrin The Huffington Post UK onlayn naşriyotida mehmon muharrir sifatida faoliyat yuritadi, deya xabar bermoqda Reuters.
Şahzoda Uilyamning rafiqasi fevral oyining örtasida bir kunlik navbatçilikda böladi. U vaqtinçalik hamkasblarini Kensington saroyiga taklif etadi.
Ketrin bu yöl bilan bolalarning ruhiy salomatligi masalasiga e'tibor qaratiş istagida. Xususan gersoginya öqituvçilar, ota-onalar, tadqiqotçilar va ekspertlarning mazkur sohada olib borayotgan işi töğrisida gapirib beradi. Kensington saroyi bergan ma'lumotda gersoginya sönggi yillarda bu sohadagi faoliyatini öz işining “muhim tomoni”ga aylantirgani aytilgan.
The Huffington Post UK naşridagilar gersoginya bilan hamkorlik qilişga tayyor ekanliklarini bildirişgan.
Qayd etiş kerakki, Ketrin öz oilasining jurnalistika bilan şuğullangan ilk vakili emas. Uning singlisi Pippa Middlton Vanity Fair jurnali uçun ham maqolalar yozgan.
Avvalroq şahzoda Uilyam Xartfordşirdagi maktab oşxonasida tuşlik qilgani haqida xabar berilgan edi.






