O‘zbekiston | 11:15 / 16.01.2016
5858
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek olimlari yigiruv mashinasining diskretlash barabanchasini ixtiro qilishdi

To‘qimachilik sanoatida foydalaniladigan yangi qurilma yaratildi. Qurilma pnevmomexanik yigiruv mashinasining diskretlash barabanchasi bo‘lib, u Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan.

Mazkur model to‘qimachilik sanoatida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Uning vazifasi diskretizatsiyalash jarayonida xom ip tolalariga diskretizatsiyalash barabanchasi tishlarining ketma-ket, ehtiyotkor ta'sirini ta'minlash, shuningdek, tolalarning alohida guruhlarga birlashuvini oldini olib, ip sifatini oshirishdan iborat.

"Ushbu qurilma mualliflari K.Jumaniyazov, A.Dj.Djurayev, K.Gofurov va O.X.Madraximovga patent berildi", deyiladi Intellektual mulk agentligi xabarida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish