Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda musiqa va san'at maktablarida to‘lov miqdorlari o‘zgardi
O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida” 2014 yil 4 dekabrdagi PQ-2270-son qarorining 35-ilovasi bilan tasdiqlangan “Bolalarni bolalar musiqa va san'at maktablarida o‘qitish uchun ota-onalardan olinadigan to‘lov Miqdorlari” o‘zgartirildi.
Oldin bu miqdor maktabning qayerda joylashganligiga bog‘liq edi. Endilikda to‘lov miqdorlari bolaning qaysi yo‘nalishda o‘qishiga bog‘liq holda to‘lanadi.
Agarda bir oilaning 2 va undan ortiq farzandi musiqa va san'at maktablarida o‘qisa, ulardan har birining o‘qishi uchun belgilangan to‘lovning 70 foizi miqdorida to‘lov amalga oshiriladi. Bu ushbu sohadagi asosiy yangilik bo‘ldi.
