Sport | 18:12 / 16.01.2016
3194
1 daqiqa o‘qiladi

«Sautgempton» Charli Ostinning transferi haqida e'lon qildi

«KPR» hujumchisi Charli Ostin faoliyatini «Sautgempton» jamoasida davom ettiradi.

«Avliyolar» jamoasining rasmiy saytida ushbu hujumchi bilan 4,5 yillik shartnoma tuzilgani haqida e'lon qilindi.

Sky Sports nashri ma'lumotiga ko‘ra, «Sautgempton» o‘tgan mavsumda APL to‘purarlaridan biri bo‘lgan bu hujumchi transferi uchun 4 mln funt to‘lagan.

Ma'lumot uchun, hozirda 26 yoshda bo‘lgan bu futbolchi o‘tgan mavsumda KPR safida APLdagi 35 uchrashuvda 18ta gol urgan va 8ta golli uzatma muallifi bo‘lgandi. Mavsum yakunida jamoa chempionshipga tushib ketdi va joriy mavsumning birinchi davrasida Ostin 16ta o‘yinda 9ta gol urib, bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.