Jahon | 08:21 / 16.01.2016
2794
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyada har bir muhojirdan 1 ming frankdan ortiq summa olinadi

Shveytsariya hukumati mamlakat hududiga kelayotgan hamma muhojirlarga 1 ming frankdan ortiq miqdordagi mablag‘ topshirishni majburiy etib belgiladi, deya xabar qilmoqda Le Figaro.

Agar muhojir yetti oy davomida mamlakatni tark etsa, pul unga qaytarib beriladi, aks holda mablag‘ mamlakatdagi qochoqlarni ta'minlashni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, mamlakatda qabul qilingan normalarga muvofiq, mamlakatda qolish huquqini qo‘lga kiritgan har bir muhojir daromadlarining 10 foizini davlatga topshirishga majbur.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish