Jahon | 14:40 / 16.01.2016
5528
2 daqiqa o‘qiladi

Tennesilik juftlikning 1,6 mlrd dollarlik yutuqqa ega Powerball lotoreyasida g‘olib bo‘lgani tasdiqlandi

Amerikaning Tennesi shtatida yashovchi juftlik AQShda ommalashgan Powerball lotoreyasining rekord darajadagi yutug‘i g‘oliblaridan biri ekani to‘g‘risidagi da'volari o‘z tasdig‘ini topdi.

TASS xabariga ko‘ra, Jon va LIza Robinsonlar uncha katta bo‘lmagan Manford shaharchasida istiqomat qilishadi. Oila rahbarining aytishicha, uyi yaqinidagi do‘kondan yutuq chiqqan chiptani sotib olgan. U jami bo‘lib to‘rtta lotoreya chiptasini sotib olgan – o‘zi, turmush o‘rtog‘i, o‘g‘li va qizi uchun. Ulardan biriga yutuq chiqdi.

“Bu shunchaki tasodif, - dedi axborot texnologiyalari sohasida mehnat qiladigan Robinson. – Yutuq natijalari e'lon qilinganida, quvonchdan butun uyni boshimga ko‘tarishni boshladim”.

NBC telekanali efiriga chiqqan Robinson butun ommaga birinchi bo‘lib omad o‘ziga kulib boqqanini ma'lum qildi. Keyinroq ular Neshvill (Tennessi shtati) shahridagi lotoreya idorasiga borishdi. U yerda Powerball tashkilotchilari chiptaning haqiqiy ekanini tasdiqlashdi. Shunday qilib, ushbu baxtiyor oila yutuqning 530 million dollarlik qismiga ega bo‘lishdi.

Los-Andjyeles va Florida shtatlarida o‘ynalgan yana ikki lotoreya chiptasi aynan kimga tegishli ekani hozircha noma'lum.