Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy raketasi ilk bor Belarus sun'iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqdi
Sichan kosmodromidan koinotga parvoz qilgan Xitoyning Long March-3B (“Buyuk safar”) raketa tashuvchisi o‘zi bilan Belorusning Belintersat-1 telekommunikatsion sun'iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi, deya xabar berdi “Sinxua”.
Qayd etilishicha, bu Belorusning ilk aloqa yo‘ldoshi va Yevropa davlati yo‘ldoshini olib chiqqan birinchi Xitoy raketasidir. Xitoy tomonidan qurilgan uskuna 15 yil xizmat ko‘rsatishi hisob-kitob qilingan.
XXR raisi Si Tszinpin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko muvaffaqiyatli parvoz bilan bir-birini tabriklashdi, deya xabar berdi Lukashenko matbuot xizmati. Davlatlar rahbarlari sun'iy yo‘ldoshning uchirilishini ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p yillik hamkorlik va sherikchilik samarasi deb qayd etishdi.