Fan-texnika | 19:08 / 16.01.2016
9315
2 daqiqa o‘qiladi

Yuzlab uchuvchisiz qurilmalar osmonda Ginnes rekordi «raqsiga tushishdi»

Ginnesning rekordlari saytida, Germaniyada qayd etilgan yangi dunyo rekordi to‘g‘risida xabar berishdi. Germaniyaning Tornesh shahri osmoniga birvarakayiga 100 ta dron ko‘tarildi. 


Uchuvchisiz qurilmalar tungi osmonda, simfonik orkestr jonli tarzda chalgan Betxovenning eng mashhur simfoniyasiga «raqsga tushishdi».
Rekord qayd etilgan yo‘nalish nomi — «Havoda bir vaqtda parvozda bo‘lgan uchuvchisiz transport vositalarining eng ko‘p soni». 


Intel kompaniyasi fikr muallifi sifatida chiqib, raqs uchun dasturiy ta‘minotni tayyorlagan.


Loyihaning badiiy tashkillashtirilishi bilan Ars Electronica Futurelab mutahassislari shug‘ullanishgan.


Simfonik orkestr Betxovenning beshinchi simfoniyasini jonli ijro etdi.


Simfoniyaning birinchi akkordlari o‘ynashi bilan yuzlab dronlar osmonga ko‘tarilishdi va rang barang lampochkalar bilan tungi osmonni yoritdilar.


Video tomoshani birinchi bo‘lib, Las-Vegasda o‘tgan elektronika CES ko‘rgazmasida namoyish etishdi.

Manba: pixland.uz