Sport | 14:22 / 17.01.2016
2469
2 daqiqa o‘qiladi

Adam Lallana: «MYu»ni yengsak, YeChL yo‘llanmasi uchun kurashga qo‘shilamiz

«Liverpul» jamoasi yarim himoyachisi Adam Lallana «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz «Arsenal»ga qarshi juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik, lekin o‘sha o‘yinda atigi bir ochko qo‘lga kiritdik. «Manchester Yunayted»ni yengsak, YeChL yo‘llanmasi uchun kurashga qaytishimiz mumkin.

Bu o‘yinga o‘zimizga ishongan holda tushishimiz kerak. Mavsum boshida biz kuchli to‘rtlik yaqinida edik, lekin keyin ishlarimiz orqaga ketdi.

«Manchester Yunayted» o‘tgan yili bizni ikki o‘yinda ham mag‘lub qilgandi. Biz bu mavsumning birinchi davrasidagi o‘yinda ham mag‘lub bo‘ldik (1:3). Endi bu qarzlarni qaytarishimiz kerak.

Biz bu mavsumda kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlarda yaxshi o‘ynayapmiz. Shu ruhda davom etishimiz kerak», deydi Lallana.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish