Jahon | 12:39 / 17.01.2016
4796
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda hudkush-terrorchi hujumi natijasida 11 kishi halok bo‘ldi

17 yanvar kuni Afg‘oniston sharqidagi Jalolobod shahrida hudkush jangari o‘zini portlatishi tufayli kamida 11 kishi halok bo‘lgan va 10dan ortiq kishi jarohatlangan.

"Nangarhor viloyati ma'muriyati binosida portlash sodir bo‘ldi", deyiladi politsiyaga iqtibos keltirilgan holda Pajvak agentligi xabarida.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, bu portlash hudkush-terrorchi vositasida amalga oshirilgan.

Yanvar oyining boshida Afg‘onistonning Jalolobod shahridagi xorijiy konsulxonalari yaqinida portlash yuz bergan, bu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgandi.