Jahon | 08:41 / 17.01.2016
2573
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Eron 5 nafar amerikalikni ozod qilganini tasdiqladi

AQSh hukumati Eron beshinchi amerikalik – talaba Mettyu Trevisikni ozod qilganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Shuningdek, AQSh bundan avval ozod qilingan 4 nafar amerikalik ismlarini tasdiqladi. Bular: AQSh va Eron fuqaroliklariga ega Amir Ne'matiy, Said Obadiniy, Nusratulla Xursaviy va Washington Post gazetasi muxbiri Jyeyson Rezayan.

Rezayan 2015 yil noyabrda josuslikda gumon qilinib qamoq jazosiga mahkum qilingan. Tehron tomonidan Rezayanga nisbatan na sud muddati va na aniq ayblovlar keltirilmagan. Ta'kidlash joizki, Rezayanga 2014 yil yozida hibsga olingan vaqtdan 2015 yil kuzigacha hech qanday ayblov qo‘yilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish