Sport | 11:01 / 17.01.2016
3336
1 daqiqa o‘qiladi

Arsen Venger: «Stok Siti» muxlislarining menga nafrati «Tottenhem» muxlislarinikidan ham ko‘ra ko‘proq

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger «Stok Siti»ga qarshi APLning 22 turi doirasida o‘tkaziladigan o‘yin oldidan mezbonlarning muxlislari haqida fikr bildirdi.

«Bilmadim, nega? Buni ularning o‘zidan so‘rash kerak. Men ularga tegmaganman. Lekin ular menga shunday nafratomuz munosabatda bo‘lishadiki, hatto «Tottenhem» muxlislaridan ham ortib tushishadi.

Menimcha, bu Remzi voqeasi bilan bog‘liq holda boshlangandi», deydi Venger «Stouk» muxlislari to‘g‘risida.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yilda «Arsenal» jamoasinig uelslik futbolchisi Aaron Remzi o‘zaro o‘yin vaqtida ushbu jamoa himoyachisi Rayan Shoukross tomonidan amalga oshirilgan podkat tufayli ikkala oyog‘ini sindirib olgandi.

Arsen Venger: Ijtimoiy tarmoqlar tufayli muxlislar odobsiz bo‘lib borishmoqda