Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Debyushi: Men qishki transferlar vaqtida "Arsenal"dan ketishim kerak
"Arsenal" jamoasining o‘ng qanot himoyachisi Matyo Debyushi joriy transferlar oynasi vaqtida jamoani tark etishni istayotgani haqida aytib o‘tdi. Unga eng ko‘p darajada qiziqish bildirayotgan jamoa "Aston Villa" bo‘lib turibdi.
"Bu to‘g‘ri ma'lumot. "Aston Villa" menga qiziqish bildirayotgan jamoalardan biri. Men har qanday taklifni ko‘rib chiqish holatidaman. Agar birmingemliklar safida o‘yinim qovushmasa, yozda yana "Arsenal"ga qaytib, o‘ynashda davom etishim mumkin. Lekin hozir menga o‘yin amaliyoti kerak. Men hozir "Arsenal"da qola olmayman. "Aston Villa" turnir jadvalining oxirgi o‘rnida turgan bo‘lsada, bu jamoaga o‘tishim mumkin. Axir haftadan-haftaga Yevro-2016 turniri yaqinlashmoqda. Men Rossiya va Gollandiya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun chaqiruv olish umididaman.
Shuningdek, "Bayyer" jamoasidan ham qiziqish mavjud. Eng muhimi kuchli chempionat vakili bo‘lgan jamoada o‘ynashim.
Men o‘tgan yilning yozida ketmoqchi edim. Lekin Venger meni qolishga ko‘ndirdi va men 6 oyni yo‘qotdim", deydi fransiyalik futbolchi L'Equipe nashriga.
Ma'lumot uchun, Debyushi 2014 yilning yozida "Nyukasl"dan "kanonirlar" safiga kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda u jarohatlaridan forig‘ bo‘la olmagani uchun asosiy tarkibdagi o‘rinni Ektor Beleringa topshirib qo‘ydi.