Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:19 / 17.01.2016
3666
1 daqiqa o‘qiladi
Eron sanksiyalar bekor qilingandan keyin neft qazib olish hajmini oshirmoqchi
Eronning OPeKdagi vakili Mahdi Asaliyning ma'lum qilishicha, Eron sanksiyalar bekor qilingandan keyin neft qazib olish hajmini cheklamoqchi emas, deb xabar bermoqda RNS.
Eron 2015 yil dekabrda sanksiyalar kiritilgunga qadar olingan neft hajmiga chiqishni ustuvor vazifa sifatida keltirgandi. Asaliy Eronda bu maqsadga erishish uchun barcha imkoniyatlar borligini tasdiqladi. Uning aytishicha, Eron neft qazib olishni kuniga 2 mln barrelgacha yetkazmoqchi.