Jahon | 11:20 / 17.01.2016
4155
1 daqiqa o‘qiladi

Michigan shtatida zaharlangan suv tufayli favqulodda holat joriy qilindi

AQSh prezidenti Barak Obama Michigan shtatidagi Flint shahrida ichimlik suvlari zaharlangani aniqlangach, favqulodda vaziyat joriy qilindi. Bu holatni bartaraf etish uchun 5 mln dollar ajratilgan.

Qayd etish kerakki, 2015 yilning oktabr oyidayoq kimyoviy analizlarda salbiy xulosalar ma'lum bo‘lgandi. 100 ming kishilik aholi yashovchi bu shaharda kishilar jo‘mraklardan kelayotgan suvlardagi noodatiy rang va hidga ega bo‘lgan suvlar haqida shikoyat qilib kelishadi. Flintda yashovchi bir qancha kishilarning qonida me'yoridan ortiq darajada qo‘rg‘oshin moddasi mavjudligi aniqlangan.

Mutaxassislar hodisa sabablarini aniqlashtirish uchun harakat qilishmoqda.

O‘z navbatida prezident Michigan gubernatori Rik Snayderning shaharni tabiiy ofat hududi sifatida baholab, katta miqdorda mablag‘ ajratish haqidagi iltimosini rad etgan.