Jahon | 09:38 / 17.01.2016
5917
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyahu: Eron yadro quroliga ega bo‘lishdan voz kechmadi

Eron yadro quroliga ega bo‘lishdan voz kechmadi va Yaqin Sharqdagi vaziyatni beqarorlashtirishda davom etmoqda, deya yozdi Jerusalem Post.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Eronning yadro shartnomasi bo‘yicha kelishuvni implementatsiya qilganini shu tarzda izohladi.

Uning fikricha, agarda “oltilik” Eronning har bir imtizomsizligini nazorat qilib bormasa, Tehron yadro qurolini rivojlantirish, vaziyatni beqarorlashtirish va terrorizmni yoyish bo‘yicha ishlarini davom ettirishi mumkin.

Netanyahuning qo‘shimcha qilishicha, Isroil Eronning salbiy harakatlarini kuzatib boradi hamda xavfsizligi va o‘z-o‘zini mudofaa qilishi uchun barcha zarur choralarni qo‘llaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish