Jahon | 17:16 / 17.01.2016
3188
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Fransiya prezidenti yangi TIV rahbarini tayinlashi mumkin

Fransiya prezidenti Fransua Olland mamlakatning amaldagi Tashqi ishlar vaziri Loran Fabiusni o‘z lavozimidan olib, uni Konstitutsion kengash raisligiga tayinlamoqchi. Bu haqda yakshanba, 17 yanvar kuni Le Journal du Dimanche nashri xabar qildi.

Gazeta ma'lumotiga ko‘ra, vazir fevral oyida yangi lavozimiga kirishadi.
“Fransua Olland hozircha Fabius o‘rinbosarini tanlaganicha yo‘q”, - deya qayd etdi nashr. Gazeta eng munosib nomzod sifatida 1997-2002 yillarda ushbu mansabda o‘tirgan 68 yoshli Yuber Vedrin nomini tilga olib o‘tdi.

Boshqa ehtimoliy nomzod esa Fransiyaning hozirgi Moliya vaziri Mishel Sapendir.
Le Journal du Dimanche ma'lumotiga ko‘ra, Loran Fabiusning uch nafar eng yaqin yordamchisi ham boshqa muhim o‘rinlarga joylashtirilishi mumkin – Fransiyaning Hindistondagi elchiligi, tashqi xavfsizlik boshqarmasining strategik bo‘limi rahbarligi va Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi.