Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Erondan sanksiyalar bekor qilinishi bo‘yicha farmonni imzoladi
AQSh prezidenti Barak Obama Eronga nisbatan AQSh tomonidan kiritilgan sanksiyalarning bekor qilinishi bo‘yicha farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
AQSh Davlat departamenti boshlig‘i Jon Kerri MAGATE yakuniy qarorida Eron tomonidan yadroviy kelishuv shartlari bajarilganini tasdiqladi.
Avvalroq Yevropa Ittifoqining xorijiy ishlar bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini ham Erondan sanksiyalar bekor qilinganini tasdiqlagandi.
Bungacha MAGATE boshlig‘i Yukiya Amano tashkilot Eron yadroviy kelishuvning amalga oshirilishi uchun barcha talablarni bajarganini tasdiqlashini ma'lum qilgandi.