Jahon | 21:27 / 17.01.2016
7156
1 daqiqa o‘qiladi

Qozonda inkassator 4 mln rubl bilan yo‘qolib qoldi

Qozon politsiyasi 4 mln rubl bilan birga yo‘qolib qolgan xususiy inkassatorlik xizmati xodimini qidirmoqda, deb xabar bermoqda Tatariston IIV matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, bu haqdagi xabar “Tankodrom” politsiya bo‘limiga kelib tushgan.

Politsiyada ma'lum qilinishicha, ishchi hafta so‘ngida inkassator navbatdagi nuqtaga tushumni olgani borgan va ichida taxminan 4 mln rubli bo‘lgan sumka bilan birga yo‘qolib qolgan. Shundan keyin uning hamkasbi bu haqda huquq-tartibot muassasalariga xabar bergan.

Avvalroq Nijniy novgorodlik inkassator o‘zi ishlaydigan bankdan o‘g‘irlagan 5 mln rublga avtomobil sotib olgani ma'lum bo‘lgandi.