Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Isroildagi elchixonasi sayti yana o‘z ishini boshladi
Rossiyaning Isroildagi elchixonasi sayti bir muddatlik to‘xtashdan keyin yana o‘z ishini boshladi. Bunga Börteçine Siber Tim turk xakerlik guruhi xakerlari elchixona saytiga buzib kirishgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Saytning Google’dagi keshida saqlab qolingan versiyasida xakerlar sayt sahifasiga Turkiya bayrog‘i va turk tilidagi yozuvni joylashtirganlarini ko‘rish mumkin bo‘lgan.
Bu orada elchixona tomonidan sayt turk xakerlari hujumiga uchragani istesno qilinmoqda. Biroq saytdagi nosozlik nima sabab yuz bergani bo‘yicha aniq ma'lumot keltirilmadi.