Sport | 12:03 / 17.01.2016
3247
1 daqiqa o‘qiladi

«Vest Hem» Balotellini 10 mln funt evaziga sotib olmoqchi

Transfer huquqi «Liverpul»ga tegishli bo‘lgan, ayni vaqtda «Milan»da ijara asosida o‘ynayotgan italiyalik hujumchi Mario Balotelli faoliyatini Angliyaning «Vest Hem» jamoasida davom ettirishi mumkin.

Brentwood Gazette nashrida yozilishicha, londonliklar bu futbolchi uchun 10 mln funt taklif qilmoqchi.

Qayd etilishicha, «Vest Hem» jamoasining asosiy hujumchilari Endi Kerroll va Manuel Lansini jarohat olgani tufayli yangi hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Bundan tashqari «bolg‘achilar» zaxiradagi hujumchisi Nikitsa Yelavich uchun Xitoyning «Shanxay Shenxua» jamoasidan berilgan taklifni rad etgan.