Jamiyat | 16:01 / 18.01.2016
3270
2 daqiqa o‘qiladi

Argentinalik sayohatchi Braziliyadagi AYoQShda rafiqasini unutib qoldirdi

Argentinalik sayohatchi Braziliyaga qilgan avtosayohatdan qaytishda, yoqilg‘i quyish shoxobchasida xotinini unutib qoldirdi va buni taxminan 100 km yurgachgina sezib qoldi, deb yozadi The Independent.

Manbaning tushuntirishicha, Uolter ismli erkak yoqilg‘i xarajatini operatorga to‘lab hojatxonaga chiqib kelishga qaror qilgan. Qaytib kelib darhol mashinani haydab ketgan va orqa o‘rindiqqa xotini Klaudiya bor-yo‘qligiga e'tibor bermagan.

Mashina ichida shuningdek 14 yoshli o‘g‘li ham bo‘lgan, biroq bola smartfonini o‘ynab o‘tirgan va onasining uyqudan turib, mashinadan tushib ketganini sezmagan.

Ayol eriga telefon qilishga uringan, biroq telefon antennasining kuchsiz ekani sabab unga tusha olmagan. Ayol yaqin o‘rtadagi militsiya idorasida erini kelishini kutib o‘tirgan. Er oradan ikki soat o‘tib yetib kelgan.

Politsiya bergan ma'lumotga ko‘ra, er kelgach, xotini unga qattiq e'tirozlar bildirgan. Biroq er xotinidek xafa bo‘lmagani ko‘zga tashlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish