Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 13:55 / 18.01.2016
2093
1 daqiqa o‘qiladi
Devid Bouining albomi birinchi marta AQSh xit-paradi boshiga keldi
Britaniyalik marhum xonanda Devid Bouining albomi birinchi marta AQSh xit-paradi boshiga keldi. Bu haqda NME portali xabar bermoqda.
Aytilishicha, xonandaning vafoti arafasida chop etilgan Blackstar albomi Billboard 200 chartlarida Adelning “25” qo‘shig‘idan o‘zib ketib, birinchilikka chiqib olgan.
Blackstar Bouining 25-albomidir. Uning The Next Day AQShda eng yaxshi natijaga erishib, chartlarda 2-o‘ringa chiqqan. Jami 7 albomi Billboard 200 o‘ntaligidan o‘rin olgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish