Sport | 08:57 / 18.01.2016
2557
1 daqiqa o‘qiladi

Di Mariya Fransiya chempionatida dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya dekabr oyida Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Argentinalik xavbek Fransiya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (UNFP) so‘rovnomasida 41 foiz ovoz olib g‘olib bo‘lgan.

Ikkinchi o‘rinda «Anjye» jamoasining senegallik 29 yoshli yarim himoyachisi Sheyk Ndoyye (39 foiz) qayd etildi.

Kuchli uchlikni PSJning shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibrohimovich yakunlab berdi. Unga 20 foiz ovoz berilgan.

Fransiya ikkinchi ligasida esa dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi, "Lans"ning argentinalik yarim himoyachisi Pablo Chavarriya bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, dekabr oyida Di Mariya 4ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol urib 4ta golli pas muallifi bo‘ldi.