Jamiyat | 19:53 / 18.01.2016
5637
2 daqiqa o‘qiladi

«Do‘stlar» serialining davomi suratga olinayotgani haqidagi xabarlar inkor etildi

Amerikalik aktyor Devid Shvimmer NBC telekanali tomonidan suratga olinayotgan maxsus tasvirlarni «Do‘stlar» serialining yangi qismi deb bo‘lmasligini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar tarqatdi.

Oldinroq serial ijodkorlari ishtirokida maxsus ikki soatlik shou suratga olinayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Inquirer nashri bergan xabarga ko‘ra, «Do‘stlar» prodyuseri Marta Kauffman serialning davomi hech qachon ishlanmasligini bildirgan.

Ma'lumot uchun «Do‘stlar» (Friends) seriali ilk marta 1994 yilda NBC telekanalida namoyish etilgan. U Amerika kinosi tarixidagi eng yaxshi komik filmlardan biri nomini qo‘lga kiritgan. Birinchi epizodini 22 million odam tomosha qiladigan bo‘lsa, oxirgi fasli AQShning o‘zida 50 milliondan oshiqroq tomoshabin yig‘di. O‘n yil davomida serial «Emmi», «Oltin globus» va People’s Choice Awards mukofotlari bilan taqdirlangan.