O‘zbekiston | 15:11 / 18.01.2016
4354
2 daqiqa o‘qiladi

YeI O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni moliyalashtiradi

2016 yilda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini yangi nou-xaular, ishlanmalar va texnologiyalarni o‘zlashtirish hisobiga modernizatsiya qilish bo‘yicha xalqaro loyiha start oladi. Bu haqda Germaniyaning Dusseldorfer Blatt nashriga tayanib UzDaily.uz xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, mazkur loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi. Loyiha qiymati esa 10 million yevroni tashkil etadi.

Loyiha YeI Komissiyasi, Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamiyati (GIZ), Fransiyaning Adecia notijorat tashkiloti, Italiyaning AIA hamda Bolgariyaning CEED kompaniyalari bilan birgalikda ikki asosiy yo‘nalish – chorvachilik va bog‘dorchilik yuzasidan olib boriladi.

Uni amalga oshirishning eng so‘nggi muddati 2018 yilning oxiri hisoblanadi. Qayd etilishicha, loyiha doirasida meva va sabzavotlarni konservalash, saqlash, qayta ishlash va qadoqlash jarayonlarini modernizatsiya qilish yo‘li bilan O‘zbekistondagi kichik va o‘rta fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga qaratilgan choralar olib boriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish