Jahon | 14:02 / 18.01.2016
5281
1 daqiqa o‘qiladi

Eron AQSh tomonidan yangi sanksiyalarning joriy qilinishini noqonuniy deb baholadi

Eronga nisbatan AQSh tomonidan yangi sanksiyalarning joriy qilinishi na qonuniy, na ma'naviy asosga egadir. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bayonot berdi.

Uning ta'kidlashicha, Vashingtonning o‘zi Isroilga falastinliklarga qarshi ishlatish uchun qurol-yarog‘ sotib kelmoqda.

Ilgariroq xabar qilinganidek, AQSh ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazish dasturini qo‘llab-quvvatlagan 11 kompaniya va shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi. Bu ro‘yxatga Eronning 6 fuqarosi, Xitoyning 1 fuqarosi, shuningdek, BAAning 2ta va XXRning 1ta kompaniyasi kiritildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish