Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Milan» – «Fiorentina». Boateng qaytishini gol bilan nishonladi
Keyingi ikki mavsumni Germaniyaning «Shalke» jamoasida o‘tkazgach, yangi yilda o‘zining sobiq jamoasi «Milan»ga qaytgan ganalik yarim himoyachi Kevin-Prins Boateng A seriyaning 20 turida «Fiorentina»ga qarshi kechgan bahsda (2:0) maydonga tushdi va gollardan biriga mualliflik qildi.
U o‘yinning 88-daqiqasida yakuniy hisobni o‘rnatgan golni urib, qaytishini gol bilan nishonladi.
Eslatib o‘tamiz, Kevin-Prins Boateng 2010 yildan 2013 yilgacha ham «Milan» safida o‘ynagandi.
«Fiorentina»ga qarshi o‘yinda yana bir e'tiborli voqea ro‘y berdi. 2015 yilning sentabrida jarohat olgan hujumchi Mario Balotelli maydonga tushirildi. U o‘yinning 87 daqiqasida birinchi gol muallifi Karlos Bakkani almashtirdi.
«Milan» ushbu g‘alaba evaziga «Sassuolo» va «Empoli»ni ortda qoldirib, 32 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
«Fiorentina» esa ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgach, endi peshqadam «Napoli»dan 6 ochkoga ortda qolmoqda. Florentsiyaliklar 4-o‘ringa tushib qolishdi.