Jamiyat | 18:56 / 18.01.2016
13736
2 daqiqa o‘qiladi

Oxfam: 62 kishi dunyodagi barcha pullarning yarmiga egalik qiladi

Dunyodagi badavlat oilalarning 1 foizining moddiy ahvoli butun insoniyatning mol-mulkiga teng, deyiladi Oxfam tashkiloti hisobotida. Tashkilot o‘z hisobotini Credit Suisse`ning oktabrdagi ma'lumotlariga tayanib xabar qildi.

Hisobotda keltirilishicha, 2009 yilda 1 foiz badavlat kishilar dunyo boyligining 44 foiziga ega edi. 2014 yilda bu ko‘rsatkich 48 foizga yetdi. Ushbu bir foizlik ro‘yxatdan o‘rin olish uchun 760 ming, 10 foizlik ro‘yxatdan o‘rin olish uchun esa 69 ming dollarga ega bo‘lish kerak.

Shuningdek, 2010 yilda 388 kishining boyligi sayyoramiz aholisining yarim boyligiga teng mablag‘ga egalik qilgan bo‘lsa, 2014 yilda ular soni 85, 2015 yilda esa 62 nafarga kamaydi.

Bundan avvalroq esa sayyoramizda istiqomat qilayotgan 3,6 milliarddan ziyodroq kishi – dunyo aholisining yarmi 2010 yildan buyon bir trillion dollardan ziyodroq mablag‘ini yo‘qotgani, yuqori aytilgan 62 kishi esa bu davrda 1,6 trlnga boyigani xabar qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish