Sport | 10:06 / 18.01.2016
6016
1 daqiqa o‘qiladi

"Real" jamoasi hujumchilari urgan gollar soni "Barselona" hujum uchligi gollari sonidan ko‘proqni tashkil qilmoqda

"Real" jamoasining hujum chizig‘i vakillari "Sporting Xixon" jamoasi darvozasiga 5ta gol yo‘lladi.

Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema 2tadan, Beyl esa bitta golni hisobiga yozib qo‘ydi.

Ayni vaqtda bu uchlik hisobida joriy mavsumda urilgan 45ta gol mavjud. Ya'ni, "Real"ning jami 57ta golidan 45tasi shu uchlikka tegishli. Ronaldu 16ta, Benzema 16ta, Beyl 13ta.

O‘z navbatida, madridliklarning prinsipial raqibi "Barselona" jamoasi hujum chizig‘i vakillari Messi, Suares va Neymar jami 44ta golga mualliflik qilgan. Suares 18ta, Neymar 16ta, Messi 10ta.