Sport | 10:31 / 18.01.2016
6679
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu: Futbolchilar Benitesdan ko‘ra, Zidanga ko‘proq simpatiya ko‘rsatishdi, lekin mendan nega deb so‘ramang

Madridning «Real» klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu jamoa yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidanning ishiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

«Zidan jamoani to‘g‘ri yo‘l sari boshlay oldi. Men futbolchilar bir murabbiydan boshqasiga nisbatan simpatiya ko‘proq bo‘ladi deb hisoblayman. Shu futbolchilar va boshqa odamlar uchun ham amal qiladigan jihat.

«Benites murabbiyligi davrida jamoaga eng yaxshi natijalarni keltirish uchun tinmay ishladim, shug‘ullandim. Men hech qachon Rafa haqida yomon o‘ylamaganman. U doim «Real»ning foydasi uchun harakat qilgan. U futbolni Zidandan ko‘ra boshqacharoq ko‘rardi. Ochig‘i aytsam, futbolchilar Benitesdan ko‘ra, Zidanga ko‘proq simpatiya ko‘rsatishdi, lekin mendan nega deb so‘ramang».

«Zidan Anchelottini yodga solmayaptimi? Ha, ularning mashg‘ulotlari bir-biriga o‘xshash. Zidan – bosiq, vazmin kishi. Lekin u bilan barchasi qiziqarli. Zidan futbolchilar bilan yaxshi muloqot qila oladi. Men uning jamoadagi faoliyatidan to‘liq qoniqmoqdaman va kelajakka katta umid bilan qarayapman. Hozir biz uchun qiziq davr kechmoqda. Biz osoyishta va qattiq mashg‘ulotlar olib bormoqdamiz».

«Futbolchilar murabbiyning bo‘shatilishida hech qachon rol o‘ynamagan. Bunday bo‘lganiga ishonmayman. Yuqorida aytganimdek simpatiya bor, lekin ular murabbiyni bo‘shatilishiga sababchi bo‘lishmagan. Jumladan men. Futbolchilar hozirda Zidan bilan ishlashayotganidan ko‘proq xursand», – deya ta'kidladi Ronaldu.