Jamiyat | 21:14 / 18.01.2016
3634
1 daqiqa o‘qiladi

Stiv Jobs va Bill Geyts haqida myuzikl sahnalashtiriladigan bo‘ldi

21 apreldan Brodveydagi Longacre teatrida Microsoft va Apple kompaniyalari asoschilari Bill Geyts va Stiv Jobs haqida “Nerds” (“Kompyuter fanatlari”) deb nomlangan myuzikl namoyish qilinadi.

Myuzikl prodyuseri Karl Levinning aytishicha, myuzikl komediya janrida bo‘ladi, u Erik Vayner va Jordan Allen-Datton tomonidan yozilgan ssenariy, Xal Goldberg musiqasi va Josh Bergasse xoreografiyasi asosida sahnalashtiriladi. Jobs va Geyts rollarini qaysi aktyorlar o‘ynashi hozircha ma'lum qilinmagan.

Myuzikl yuqori texnologik vositalar yordamida sahnalashtirilishi va'da qilinmoqda – sahnada gologrammalar namoyish qilinadi, tomoshabinlar esa aktyorlar va bir-birlari bilan maxsus dastur yordamida suhbatlashishlari mumkin bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish