Jahon | 07:49 / 18.01.2016
3165
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada qor yog‘ishi tufayli 100 ga yaqin aviareys bekor qilindi

Yaponiyada, jumladan Tokioda mamlakatning shimoli-sharqiy va sharqiy qismida qor yog‘ishi tufayli 100 ga yaqin aviareys bekor qilindi. Bu haqda Fly Team nashri ma'lum qildi.

Japan Airlines va All Nippon Airways kabi aviakompaniyalarning reyslari bekor qilingan. Reyslarning aksariyat qismi Xonsyu orolining shimoliy qismida bekor qilingan. Shuningdek, yomon ob-havo sharoiti tufayli temir yo‘l transporti ham katta kechikish bilan ishlamoqda. Tokioda qor qatlami taxminan 5-6 sm ni tashkil qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish